Kumush jom (коса). 1961 yil yozida quduq qazishpaytida. Samarqand viloyati Chilek qishlog‘ida topilgan.
Numizmatika va maxsus saqlash fondi, Inv №. BS-2.

Jom. Kumush, o‘uyma. Kumush hajmi 925, umumiy vazni - 312,50 gr. Jomning ustki diametri 16,2 sm, yumaloq shakli, markazida omfalum. Oyoqning pastki qismi konus shaklida va yuqori qismi omfalos shaklini takrorlaydi. Oyoqning pastki qirrasi ichkariga еgilgan. Idish zarb qilingan, juda yupqa devorli, lekin ustki qismining ichki tomoni omfalom qalinroq. Omfalosning markazida kichkina chuqurcha bor. Oltin zarhalni namunaoari mavjud. Jomni ustki qismini tashqiy tamonda so‘g‘d yozuvi bilan qamrab olingan. Yozuv kursiv xat bilan yozilgan.
Transliteratsiya
ZNHZY (y)’mk ZKn n’pcβzty-cyk δyγ-cy xypδ ’yw knpy ’YKZY XX s n’krtk
Tarjima
“ Bu idish jamoa boshlig’ning xususiy mulki (?) Daxchi, (og’irligi) 20 stater kumushdan bir oz kamroq”.
Изоҳ.
Chilekdan topilgan kumush jom VIII asrga, tegishli bo‘lishi mumkin. So‘g‘d metal idishlardagi yozuvlarini talqin qilish natijasida ilk o‘rta asr So‘g‘diylarida xususiy mulk haqida aniqroq tasavvurga еga bo‘lish mumkin. Idishni yupqa kumush bilan yasalishi, bu mahalliy So‘g‘d maktabiga tegishli. Chilek kosasining Markaziy rozetining oddiy bezaklari So‘g‘d yodgorliklari bilan bog‘liq. Penjikent rasmining bezaklaridan beshta bargli lola yoki poyadan kichik doira bilan ajratilgan gul ma’lum. Shimoliy Toxaristondan kelgan kumush draxmalar zarbasidagi va Xitoy manbalariga ko‘ra VII-asr boshlarida Kesh hukmdori Dizhe nomi bilan nomi bilan taqqoslash mumkin.
Лившиц В. А., Луконин В. Г. Среднеперсидские и согдийские надписи на серебряных сосудах / Вестник древней истории. 1964. № 3. С. 155-179.
Маршак Б. И. История Восточной торевтики III-XIII вв. и проблемы культурной преемственно-сти / Под ред. В. П. Никонорова; вступит. статья Ф. Гренэ. Санкт-Петербург: Академия исследований культуры, 2017. С. 67-83. Рисунок 36, 36а.
Маршак Б., Крикис Ya. Чилекские чаши / Труды государственного эрмитажа. Том X. 1969. C. 55-80.
Lurje P. Personal names in Sogdian texts / Iranisches Personennamenbuch II/8. Vienna: Verlag der ÖAW, 2011. P. 187–188.
Каталог памятников согдийской письменности в Центральной Азии, Самарканд, МИЦАИ, 2022,С. 227-229