Muzey bosh muxofizi muzey boyliklarini ro’yxatga olish, saqlash, muxofaza qilish va ta’mirlash ishlariga bevosita yoki bo’lim mudirlari orqali rahbarlik qiladi,xazina xonalariga kirish, muzey boyliklaridan foydalanishda belgilangan qonun qoidalarga rioya qilish ishlarini qonun talablari asosida amalga oshirilishiga mas’ul; Bosh muxofizni ishga tayinlash yoki bo’shatish chog’ida muzey boyliklarining butligi va saqlanishi, ruyxatga olish va saqlash ishlarining axvoli, muzey xonalari va ulardagi xarorat, namlik, yoruglik shart-sharoitlari, jihozlarning holati aks ettirilgan dalolatnoma tuziladi; Bosh muxofiz kasalligi yoki boshka sabablar bilan ishga chikmayotgan davrda uning burchlari muzey direktorining buyrug’i asosida boshqa xodim zimmasiga yuklatiladi; Muzey fond boyliklarini joydan joyga ko’chirish bilan bog’liq bo’lgan barcha xujjatlar, yozishmalar, xisobot va rejalash bosh muxofizga tanishib chikish uchun beriladi: U bu xujjatlar bilan tanishib chiqqanligini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi; Bosh muhofiz muzey ashyolarining fondlarda va ekspozisiyalarda saqlanishiga javobgardir. Bosh muxofizning ro’yxatga olish, saqlash, ta’mirlash ishlariga oid barcha ko’rsatmalari muzey xodimlari tomonidan bajarilishi shartdir; Ro’yxatga olish. saqlash, ta’mirlash ishlari bilan shug’ullanuvchi xizmatchilarni, muzey qorovullari va zal nazoratchilarini ishga qabul qilish,bo’shatish yoki boshka vazifaga o’tkazish bosh muxofiz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi; Fondlarni hisobga olish va saqlash bo’yicha ilmiy-tadkikot va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil qiladi; U o’z ish faoliyatida: a) muzey boyliklarini “O’zbekiston Respublikasi Muzeylar to’g’risida” gi qonuni va qonunosti xujjatlariga mos asosida tug’ri ro’yxatga olish; b) muzey boyliklarini nobud bo’lishi va ug’irlanishdan ximoyalovchi holda saqlashni tashkil etish v) muzey boyliklarining ro’yxatlari va bu boyliklarni saqlashga oid barcha xujjatlarini tug’ri yuritish hamda bu xujjatlarini extiyotlab saqlashga javobgar.;