MUZEY ASHYOLARINI TA`MIRLASH VA MUHOFAZA QILISH MUTAXASSISLARI

MUZEY ASHYOLARINI TA`MIRLASH VA MUHOFAZA QILISH MUTAXASSISLARI


Ma'lumtlar

Umumiy ma'lumotlar
Telefon: +998 (66) 234 82 15
E-mail: info@samarkandmuseum.uz
Direktor: BOLIYEV BAHRIDDIN NIYOZOVICH


Lavozim va vazifalar


Bo’lim mudiri muzey boyliklarini konservasiya va restovrasiya qilish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi hamda bo’lim yillik rejalarini tuzadi,yodgorliklarni konservasiya va restovrasiya qilishning uslub va usullarini tavsiya etadi; Bo’lim mudiri bosh muxofizga bevosita bo’ysunadi; Bo’lim xodimlari, ta’mirchilar, konservasiya va restovrasiya bo’yicha tadbirlarni, rejalarni tavsiyalarni amalga oshiradilar; Amalga oshirilgan ta’mir ishlariga maslaxat organi hisoblanmish -ta’mir ish bo’yicha kengash xulosa qiladi. Bu kengashning bayonnomalari barcha a’zolarining imzosi bilan rasmiylashtiriladi; Muzey boyliklarini konservasiya va restovrasiya qilish faqat o’zini oqlagan uslub va ta’mir ashyolari bilan bajariladi; Bo’lim mudiri va xodimlari amalga oshirayotgan ishlarini xujjatlar asosida qaydga olishlari zarur. Ta’mir ishlari davomida buyumni ta’mirgacha, ta’mir jarayonida va ta’mir tugagandan keyin fotosuratga tushirish lozim; Bo’lim mudiri ta’mirchilarni ashyolar va asbob uskunalar bilan ta’minlash bo’yicha talabnoma tuzadi; Ta’mirchilar muntazam ravishda muxofizlar bilan birgalikda muzey buyumlarini ko’zdan kechirib turishlari zarur. Ularning holatini qayd etib,zararlanish sodir bo’lgan holatda tezlik bilan bosh muxofizni xabardor qilishlari va ta’mir choralarini ko’rishlari lozim; Ta’mirchi muzey buyumlarining holati uchun, ta’mir ishlarini xujjatlashtirish uchun javobgardir; Muzeydan tashqarida bo’ladigan ko’rgazmalarga yuborilayotgan va ko’rgazmadan qaytib kelgan muzey buyumlarini quti va boshqalarda joylashtirishga va ulardan olish ishiga ta’mirchilar rahbarlik qiladilar; Ta’mirchilar sotib olish komissiyasi ishida qatnashadilar.

Bo'lim xodimlari

RASSOM-RESTAVRATOR:Boliyev Bahriddin Niyozovich RASSOM-RESTAVRATOR:Soloduxina Natalya Vladimirovna RASSOM-RESTAVRATOR:Ortiqova Hilola Abduraxmonovna RASSOM-RESTAVRATOR:Sa`dullayeva Nigora Sharofiddinovna