Bosh direktorga bo’ysunadi, direktor tomonidan ishga tayinlanadi va boshqa ishga o’tkaziladi; Bosh direktor va uning ilmiy ishlar bo’yicha o’riibosari boshchiligida muzey-qo’riqxona yillik va perspektiv rejalarining muxokama qilish va tayyorlashda qatnashadi, ilmiy va fond bo’limlaridagi ish rejasining borishini nazorat qiladi; Muzey kengashi kun tartibini va muxokama qilinadigan xujjatlarni talab darajasida tayyorlaydi va muhokamadan oldin belgilangan vaqtlarda kengash a’zolariga yetkazib fikrlarni umumlashtiradi, imzolarini ma’lumotnoma va qarorda kontrasignatura sifatida bo’lishini ta’minlaydi, kengash muhokamasidan so’ng ijrochilarga 3 kun muddatda yetkazadi va ijro monitoringini yuritadi, nazoratdan chiqaradi va majlislarda kotiblik kiladi. Ilmiy Kengash, muzey kengashlari va ma’muriy yig’ilishlar majlis bayonlarini yozib boradi; Muzey-qo’riqxona faoliyati umumiy hisobotini muzey ilmiy ishlari xususidagi ma’lumotnoma va hisobotlarni tuzadi, tahlil qiladi, xato va kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqib tasdiqga kiritadi. Muzey yillik va perespektiv ishlari rejalarini tuzadi. Ma’ruzachi targ’ibotchilar faoliyatini, konferensiyalar va ilmiy kengash ishini tashkillashtiradi. Muzey-qo’riqxona statistik ma’lumotini umumlashtirgan holda yukori tashkilotlarga taqdim etish uchun hozirlaydi; Muzeylarda sanitar kunlarini o’tkazilish tartibini ishlab chiqadi va ijrosini nazorat qilib boradi; Ilmiy arxiv ishini olib boradi.