MUXAMMADIEV XO‘JAQUL UTAYEVICH

MUXAMMADIEV XO‘JAQUL UTAYEVICH

MUXAMMADIEV XO‘JAQUL UTAYEVICH

Bosh direktor

  • Lavozim:

    Bosh direktor

  • Qabul vaqti:

    Dushanba-Juma (soat 08:30 dan 17:30 gacha)

  • Telefon:

    +998 (91) 555 18 30

  • E-mail:

  • Biografiya:

    Muhammadiev Xujaqul Utaevich Samarqand viloyati, Ishtixon tumani 196110.10. tugʼilgan. maʼlumoti oliy 1984 y. Samarqand davlat universitetini oʼ zbek tili va adabiyoti, 2009 y. Samarqand davlat universiteti iqtisodchi boʼlimini (sirtqi) tamomlagan. MEHNАT FАOLIYaTI 1978-1979 yy. - Ishtixon tumani 50-oʼrta taʼlim maktabi oʼqituvchisi. 1979-1984 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi1984-1986 yy. - Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi muharriri. 1986-1997 yy. - Viloyat "Zarafshon" roʼznomasi adabiy xodimi, masʼul kotibining oʼrinbosari, boʼlimi mudiri, bosh muharririning oʼrinbosari. 1997-1999 yy. - Viloyat hokimligi tashkiliy-ishlar va kadrlar masalalari boʼyicha guruh yetakchi mutaxassisi 1999-2002 yy. - Viloyat hokimligi tashkiliy-ishlar va kadrlar masalalari boʼyicha guruhi rahbarining oʼrinbosari. 2002-2004 yy. - Viloyat hokimining ijtimoiy majmui masalalari boʼyicha oʼrinbosari kotibiyati mudiri 2004-2004 yy. - Viloyat hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish (iqtisod, taʼlim, sogʼlikni saqlash, madaniyat) masalalari boʼyicha oʼrinbosari kotibiyati mudiri. 2022 yil 08 iyuldan “Samarqand”davlat muzey-qoʼriqxona Bosh direktori lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda.
  • Vazifalar:

    Muzey-qo‘riqxonaning ilmiy, ilmiy-tashkiliy, xo‘jalik va moliyaviy faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi; Muzey-qo‘riqxonaga rahbarlikni tashkilot to‘g‘risidagi Nizom asosida amalga oshiradi; Yuqori malakali kadrlarni tanlaydi, muzey-qo‘riqxona tizimidagi mas’ul vazifalarga tayinlaydi, kadrlar mahoratini to‘laligicha shakllanishini ta’minlaydi; Muzey kengashi orqali kreditlarni taqsimlanishini va mablag‘larni tasdiqlangan smetaga asosan sarflanishini nazorat qiladi; Muzey-qo‘riqxona nomidan barcha tashkilot va korxonalar bilan kredit operatsiyalarini o‘tkazadi, muzey-qo‘riqxona joylashgan joyda, xisob-kitob raqamlarini va boshqa hisoblarni ochish va yopish ishlarini muvofiqlashtiradi, moliyaviy ishlarni nazoratini ta’minlaydi; Qadimiy obidalardagi barcha konservatsiya va restovratsiya ishlariga buyurtmachi va nozir sifatida bo‘lishi mumkin; Xorijiy mamlakatlarda hamda Respublika, viloyat hududida san’at va madaniyat boyliklarini keng targ‘ibot qilishga rahbarlik qiladi, muzey kundalik va perespektiv rejalarini va hisobotini tasdiqlaydi; Muzey ekspozitsiyalarini g‘oyaviy tuzilishiga mas’ul; Muzey fondlari va qimmatbaho buyumlar saqlanishini tashkil etadi; Jamoat tashkilotlari bilan birgalikda muzey xodimlarining ma’rifiy o‘sishi, marketing malakasini oshishi va jamoada tarbiyaviy ishlarning o‘sishiga mutasaddi hisoblanadi; Ichki tartib qoidalarini xodimlar tomonidan rioya etishni kuzatib boradi; Muzey kengashi va ilmiy kengash raisidir; Muzey san’at va madaniyat boyliklarini ilmiy ommalashtirishni yo‘lga qo‘yadi, g‘oyaviy, siyosiy yulini belgilanishini tashkillashtiradi; Ma’muriyat va iqtisodiy boshqarishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yadi, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish ishlariga mutasaddi; Ishga muzey – qo‘riqxonani yuqori tashkilotlari tomonidan tayinlanadi va bo‘shatiladi;

Fotolavhalar