Samarqand davlat muzeyi - qo'riqxonasi kolleksiyasida sug'diy yozuvlari Inv. raqam A-456-1

Samarqand davlat muzeyi - qo'riqxonasi kolleksiyasida sug'diy yozuvlari Inv. raqam A-456-1

Qarz tilxati. Inv. raqam A-456-1. Tol novdasi ustida yozilgan hujjat. 1976 yilda Afrasiab qadimga shaharchasida topilgan. Uning uzunligi 16 sm, kengligi 2,5 sm. qora siyoh bilan yozilgan. Matnda 5 qator yozuv mavjud. Tayoqning o'ng tomoni singan, shuni natijasida yozuvni dastlabki qismlari yo'qolgan.

 

Transliteratsiya:

 /1/ [KZ](N)H Z-Y ’wδ wm’t ’rtmyw sp’nδt y’mk’ /2/ ](š)y-r’ ’γt wrtc ’Y-KZY nwcy m’δ wγ-w-tw pr’w-’(r) tw /3/ ](’)k/r’n(c?)y kw pr(’)wt ’zw ptšpry ’prtk wm’tym /4/ ]’WZY šrγ-wy ’HRZYmy c’wnyδ KSP šrγ-wy sk’tr /5/ L’ δβrtw ’st ’Y-KZY 100 + 20 + 20 + 10 s

   Tarjima:

 /1/ «[Shunday qi] lib u erda bo‘ganlar: Artmiv, Spandat, Yamka /2/ Shiragd, Vart(i)ch (?) Shu vaqt Nuchi ayti: /3/ «Daromad (?) ... Men qarzdor edim (jug‘rofik manzil?) Parot Patshparu yoki /4/ Shargu, va (shu) miqtordan men Sharguga /5/ 150 s(stater) dan ko‘prog’ni berganim yo‘q»».

  Izohlar. Qarz tilxati, bu yog‘ochda yozilgan iqtisodiy hujjat. Paleografiya va imlo xususiyatlariga ko'ra, ushbu hujjat Mug‘ arxivadan eski, uni VI asrning birinchi yarmi -VII asrga bog'lash mumkin. Tarkibiga ko'ra, hujjat Nuchi (birinchi shaxsning ismi) nomidan olingan summadan olinganligini tasdiqlovchi tilxat hisoblanadi. Tilxat muallifi tomonidan Artmiv, Spandat, Yamka, Shiragda va Vartich guvohliklari bilan 150 ta stater (kumush) bor edi. Sogda starteri, kumush idishlardagi yozuvlarga ko'ra, 15,7 dan 17,4 g gacha bo'lgan. Shu tarzda qarz miqdori taxminan 2,5 kg kumush edi. Shuni ta'kidlash kerakki, Afrasiyab hujjati (tilxati) Mug‘ arxivining tilxatlardan ham farq qiladi – ularda guvohlarning ismlari yo'q. Mug‘ shartnomalarida guvohlar oxirida keltirilgan.

  Adabiyot:. Бобоёров Ғ., Ғойибов Б., Кубатин А. Ўрта Осиё битиклари. I. Суғдий ёзма ёдгорликлар. Тош-кент: Tafakkur avlodi, 2020. Б. 67-68.

  Лившиц В. А. Согдийский документ из древнего Самарканда // Центральная Азия. Новые па-мятники письменности и искусства. М.: Наука, 1987. С. 53–62, 312–315.

  Лившиц В. А. Согдийская эпиграфика Средней Азии и Семиречья. Санкт-Петербург: Филологический факультет Санкт-Петербургского университета, 2008. С. 341-34.

  Grenet F. Trois documents sogdiens d’Afrasiab / Средняя Азия. Археология. История. Культура.

  Материалы международной конференции, посвящённой 50-летию научной деятельности Г. В.

  Шишкиной // Государственный музей Востока. Москва, 14-16 декабря 2000 г. Москва: Пересвет, 2000. С. 196-203.

  Livshits V. A. Sogdian epigraphy of Central Asia and Semirech’e / tr. from the Russian by T. Stableford.

  Ed. by N. Sims-Williams. London: School of oriental and African studies, 2015. (Corpus inscriptionum iranicarum. Part II: Inscriptions of the Seleucid and Parthian period and of Eastern Iran and Central Asia. Vol. III: Sogdian). P. 261-264.

  Каталог памятников согдийской письменности в Центральной Азии, Самарканд, МИЦАИ, 2022, с. 209-210.