IV. Amir Temur maqbarasini o'rganilish tarixidan.

IV. Amir Temur maqbarasini o'rganilish tarixidan.

Mazkur katalog Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida tashkil etilgan “Amir Temur maqbarasining oʻrganilishi tarixi” ekspozitsiyasiga bagʻishlangan boʻlib, tarixchilar, muzeyshunoslar, san’atshunoslar va keng jamoatchilik uchun moʻljallangan. Katalogga ekspozitsiyada namoyish etilayotgan jami 60 dan ortiq eksponat kiritilgan boʻlib, ushbu eksponatlar Amir Temur va temuriylar sulolasi bilan bogʻliqdir. Bundan tashqari katalogda Amir Temur maqbarasining qurilishi tarixi, qurilgan vaqtdagi holati, tarixning turli davrlarida yuz bergan maqbara bilan bogʻliq hodisalar oʻrin olgan. Amir Temur tavalludining 686 yilligi arafasida “Samarqand” davlat muzey-qoʻriqxonasi xodimlari tomonidan nashr etilgan mazkur katalog barchaga manzur boʻladi deb umid qilamiz.