Bosh direktorga bevosita bo’ysunadi; Muzey ekskursovodlarining ilmiy ma’ruza va ekskursiya ishlarini tashkilllashtiradi, bo’lim xodimlarining ishini muvofiklashtiradi; Korxona, tashkilot, oliy va o’rta maxsus kasb hunar ta’limi bilan shartnomalar tuzadi, ular bilan doimiy aloqada bo’lib, ilmiy- oqartuv va ilmiy- targ’ibot ishlarini olib boradi; ilmiy bo’limlar bilan birgalikda tematik va umumlashtirilgan ekskursiyalarni ishlab chiqadi; Mahalliy, xorijiy guruh va yakka mehmonlarga xizmat ko’rsatilishini ta’minlaydi; muzeyga kiradigan kishilar kategoriyasi kesimida hisobini, muzey va muzey ommaviy va ilmiy-oqartuv ishlari xisobotini olib boradi; Muzey ishini ommaviy axborot vositalarida keng miqyosda targ’ibot qiladi; Jamoatchi tashkilotlar bilan birgalikda muzeyda tematik va tantanali yig’ilishlarni tashkillashtiradi; Kadrlarni tayyorlash va attestasiya o’tkazish ishini tashkillashtiradi; Ilmiy-oqartuv va ommaviy ishlarni keng miqyosda yangi uslublar bilan ravnaq toptirish masalalari ustida ishlaydi; Muzey-qo’riqxona tizimidagi ekskursiyalarni muvofiqlashtirishga mas’ul.
Bo'lim xodimlari
BO`LIM BOSHLIG`I:Jamshid Djurakulov BOSH MUTAXASSIS:Bektemir Sattorov YETAKSHI MUTAXASSIS:Бегимов Азамат Шодиёрович