HOUSE-MUSEUM OF SADRIDDIN AYNI

Useful information

RULES:

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.

Facilities and Services

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.

Operating mode

Музей принимает посетителей с 09:00 до 18:00. (только суббота и воскресенье - выходные для научных сотрудников музея.)

Yangi tojik adabiyotining asoschisi, yangi o‘zbek adabiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan yozuvchi Sadriddin Ayniyning yodgorlik uy-muzeyi O‘zbekiston hukumatining 1964-yil 16-iyundagi qaroriga binoan 1967-yil 19-mayda tashkil qilingan. Muzey Sadriddin Ayniy ko‘p yillar (1923-1954) samarali ijodiy mehnat, faol ijtimoiy hayot va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan uyida joylashgan. Sadriddin Ayniy ko‘plab xikoyalar, povestlar, romanlar, to‘plamlar muallifi sifatida ma’lum va mashhur, u ajoyib roman-epopeya, “Qullar”, besh qismdan iborat “Esdaliklar” (avval to‘rt qismdan iborat edi, keyin 2005-yilda beshinchi qism topilib, besh qismdan iborat bo‘ldi), “Sudxo‘rning o‘limi” povesti va boshqa qator asarlar muallifidir. Yodgorlik muzeyining ko‘rgazmasi (ekspozitsiyasi) O‘zbekiston xukumatining Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyini ochish haqidagi qarori o‘rnatilgan shimol tomondagi ayvondan boshlanadi. SHu erning o‘zida muzeyning ochilishiga bag‘ishlangan miting va muzeyning birinchi mehmonlari tushirilgan fotosuratlar, ko‘rgazmasi joy olgan. Yzuvchi tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlab xaykaltarosh Hakimxo‘ja Husniddinxo‘jaev tomonidan ganchdan ishlangan byust ham shu erda joylangan. Ayvon yonida yozuvchining birinchchi ishxonasi bo‘lib, bu erda Sadriddin Ayniy 1923 yildan 1937 yilgacha ishlagan. Bu xonada Ustoz Ayniy tomonidan “Odina”, “Qulbobo”, “Eski maktab”, “Sudxo‘rning o‘limi” povestlari, “Doxunda”, “Qullar” romanlari yozilgan va “Yodgoriy” she’riy to‘plam nashrga tayyorlangan. Shu erda Sadriddin Ayniy jahonda mashhur bo‘lgan qalam ahli, davlat rahbarlari, chet ellik olimu ullamolar bilan uchrashgan: Ish kabinetining yonidan Sadriddin Ayniyning dam olish xonasi joy olgan. “Naqshinkor” deb nomlanadigan bu xonada Sadriddin Ayniy 1937 yilgacha yashagan. Bu erda hamma narsalar huddi yozuvchi hayotligidagidek joylashtirilgan. Burchakda qish paytida yozuvchi isinib o‘tirgan sandal bor va Ayniy foydalangan boshqa uy anjomlari ham shu erda. Dam olish xonasida Sadriddin Ayniy turli shaharlardan kelgan chet ellik mehmonlarni qabul qilgan. Bu xonada Sadriddin Ayniyning asarlarining ko‘p qismlari yozilgan. “Naqshinkor” xona dahlezida Sadriddin Ayniyning “Buxorodagi hayoti va ijodi” ekspozitsiyasi takshil qilingan bo‘lib, unda yozuvchining bolaligi, uning eski maktab va ko‘pgina Buxoro madrasalaridagi o‘qishi, do‘stlari, hamda uning 75-darra bilan jazolanishi, Buxoro zindoniga tashlanishi, xalos etilishi, Kogon kasalxonasida davolanishi xikoya qilinadi. Janubiy ayvonning intereri (ichki qismi)da shu uyda yozilgan asarlar muqovalarining suratlari qo‘yilgan bo‘lib, ularning muallifi Samarqandlik san’atkor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat arbobi Davron Safoevdir. Janubiy ayvonning yonida, katta ko‘rgazma zali joylashgan bo‘lib, unda yozuvchining Samarqanddagi hayoti va ijodi o‘z ifodasini topgan. Katta ko‘rgazma zalining yonida yozuvchining yotoqxonasi joylashgan. Bu erda uning barcha narsalari saqlab qo‘yilgan, ya’ni hayotligida foydalangan kiyimi, shifoner, tyurmo, stollar, stullar va boshqalar (1937-1954). Bundan tashqari bu erda yozuvchining davlat arboblari, yozuvchilar, olimlar, rassomlar tomonidan qilingan sovg‘a buyumlari ko‘rgazma sifatida qo‘yilgan: masalan, 1968 yilda Tojikiston madaniyat vaziri Mehribon Nazarov olib kelgan Sadriddin Ayniy portreti ishlangan gilam osib qo‘yilgan. Taniqli O‘zbekiston Kuloli Muxiddin Rahimov va rassom M.M.Voronskiy tomonidan muzeyga “Farxod va SHirin” deb nomlangan guldon sovg‘a qilingan… Xobgohning yonida kichiq bir xona bor. Bu xonada “Yozuvchining qutlov to‘ylari” mavzusida ko‘rgazma joy olgan. Yangi ish kabinetida Sadriddin Ayniy juda samarali mehnat qilgan. Bu erda u “Jahon go‘zali” va “Tarixiy bayram” ocherklarini (1939) , “Insonning suv bilan kurashi” poemasini (1940), “Etim” povestini (1940), … Tojik xalqining qahramoni Temurmalik, “Muqanna qo‘zg‘oloni” tarixiy povestlarini va “Esdaliklar”ni hamda bir qator she’rlar, maqolalar, pamfletlar vahokazolarni yozadi. Ma’lumki, Sadriddin Ayniy bu uyda 1954 yil may oyining boshlarigacha yashagan. So‘ngra u qattiq betob bo‘lib qoladi va uni Dushanbeda davolamoqchi bo‘lishadi. Bu erda u ikki yarim oy yotadi va shu erda vafot etadi.

  • Name of Museum:

    ДОМ–МУЗЕЙ САДРИДДИНА АЙНИ

  • Year of foundation:

    1967

  • Operating mode:

    Музей принимает посетителей с 09:00 до 18:00. (только суббота и воскресенье - выходные для научных сотрудников музея.)

  • Address:

    Samarqand shahri, Registon ko’chasi, 7 «B» uy

  • Phone:

    +998 (66) 234-82-15

  • E-MAIL:

    info@samarkandmuseum.uz

  • Leader:

    PULOTOV AMRIDDIN SABRIDDINOVICH

  • Location :

Statistics

1962
General exhibits
136
Ethnography
2350
Numismatics
985
Archeology
98
Documentary Fund
918
Other exhibits




Gallery