Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasida shu nomli ko‘rgazma ochiladi.
Mazkur ko‘rgazmada Kofirqal’adan topilgan panno birinchi marta namoyish etiladi.
Ma’lumot o‘rnida: 2022-2023-yillarda Luvr muzeyida O‘zbekiston madaniy merosiga bag‘ishlangan "O‘zbekiston voha xazinalari" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur ko‘rgazmada namoyish etilgan asosiy eksponatlar Samarqand muzeyi fondlariga tegishli.
Ko‘rgazmada ana shu eksponatlar ham namoyish etiladi.
Ko‘rgazma bugun, 11-dekabr kuni soat 10:00 da ochiladi.