
Mazkur albom-katalogda XIX asr oxiri – XX asr boshlariga oid otkritkalar joy olgan bo‘lib, ularda O‘rta Osiyoning Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va Qo‘qon kabi shaharlarining me’moriy yodgorliklari ko‘rinishini aks ettiruvchi otkritkalar turkumi taqdim etilgan.
Otkritkalarda turli qadimiy me’morchilik namunalari masjid, maqbara va madrasalarning o‘ziga xos qiyofasini ifodalaydi. Bu otkritkalar rang-barang mozaikalar, diniy ramzlar va geometrik naqshlar koʻrinishidagi durdona asarlardir.
