Aral-dream ko'rgazmasi

Aral-dream ko'rgazmasi

Afsonaviy Orol fojiasining jahon tarixida o‘xshashi yo‘q. Fojia ekolog olimlar va yaqin atrofdagi aholi, yozuvchilar, rassomlar va keng jamoatchilikni xavotirga solmoqda. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi son-sanoqsiz fotosuratlari va videolari, hujjatli filmlar va rassomlarning rasmlari uzoq muddatli ekologik muammo dolzarbligicha qolayotganidan dalolat beradi.
Xuddi shu nomdagi plener va “Orol-orzu” ko‘rgazmasiga mamlakatimizning turli hududlaridan 7 nafar rassom jalb etilgan. Bular Nukus, Toshkent, Urganchdan Vasiliy Xapov, Saidbek Sobirboev, Shirin Tashova, Sarsenbay Boybusinov, Sobir Qutlimurodov, Abdulla Rajabov, Ikram Matchanov kabi ijodkorlardir.
Badiiy ko‘rgazmani maqsadi: “Orol-orzu” ko‘rgazmasi yangi sayyohlik marshrutini ochib berish va rivojlantirish. Rasmlar orqali unutilgan joylarning go'zalligini ko'rsatish. Shuningdek, san’at orqali Orolbo‘yining barcha latofatlari, shodliklari, an’analari, kundalik turmushi va bayramlarini abadiylashtirish kabi ezgu tilaklarni roʻyobga chiqarishdan iborat.