NODIR DEVONBEGI MADRASASI

NODIR DEVONBEGI MADRASASI

FOYDALI MA`LUMOLAR

QOIDALAR:

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.


SERVIS VA XIZMATLAR

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.

ISH TARTIBI

Muzey 09:00 dan 18:00 gacha tashrifchilarni qabul qiladi. (faqat muzey ilmiy bo’limlari xodimlariga shanba va yakshanba kunlari dam olish hisoblanadi)


PRAYSKURANT

Har oyning birinchi yakshanba kuni barcha davlat muzeylariga kirish BEPUL

18 yoshga to`lmagan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchilarga Seshanba va Juma kunlari muzeylarga kirish BEPUL

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN MDH DAVLATLARI FUQAROLARI VA XORIJIY SAYYOHLAR UCHUN

Muzey nomi

Bir kishiga kirish narxi

Bir kishiga kirish narxi

Bir kishiga kirish narxi

20 fevraldan 20 noyabrgacha
(mavsum davrida)

20 noyabrdan 20 fevralgacha
(mavsum bo`lmagan davr)

x

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

1

NODIR DEVONBEGI MADRASASI

3.000 2.000 1.500 1.000 20.000 10.000

MUZEY TARIXI

Nodir Devonbegi madrasasi  XVII  asrning 1630-1635-yillarida Buxoro xonligining devonbegisi Nodir Mirzo Tog`ay Sulton tomonidan qurdirilgan.

Madrasa Xoja Ahrori Valiy maqbarasi yonida qurilganligi uchun Xoja Ahrori Valiy madrasasi , deb ham yuritiladi. Xoja Ubaydullox Ahrori Valiy Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida 1404-yilda dunyoga kelgan va 895 hijriy yilning rajab oyi ( 1490-yil fevral oyining 21 kuni) da Urgut tumani hududidagi  bir qishloqda vafot etadi. U kishining tabarruk jasadlari Samarqand tumanidagi Xoja Kavshiy ( Hozirgi Xoja Ahror) mozoriga olib kelinib, dafn etiladi. Keyinchalik bu mozorda uning yaqinlari shogirdlari ham  dafn etilgan. Madrasaning aynan shu manzilda barpo qilinishi sababi – uning to`rida Xoja Ahrori Valiyning xonaqoxlari mavjud bo`lgan. Mazkur madrasaning shu qo`rg`onda barpo etilishi Nodir Mirzo Tog`ay ibn Sultonnnig Xoja Ahrori Valiyga bo`lgan cheksiz  hurmati belgisi , deb ham tushunmoq mumkin. Nodir Devonbegi madrasasi loyihasini ishlatishda Registon maydonidagi Sherdor madrasasining ko`rinishidan ijobiy foydalanilgan.

Bu madrasani ikkinchi Sherdor Madrasasi , deb ham yuritiladi. Peshtoqda sher rasmining aks ettirilishi katta hovlining chetlarida hujralarning joylashganligi bilan Sherdor madrasasining nushasiga o`xshaydi. Faqat bunda minoralar yuq. Madrasa bir qavatli bo`lib o`zida XV–XVII asrlarda keng tarqalgan hashamatli to`rt ayvonlik usulida bunyod etilgan.Madrasa 3 ta tarkibiy qismdan iborat. Darsxona, yotoqxona, xizmatchilar xonasidan iborat.

Madrasaning peshtoqida qurilishining boshlanish vaqtini ko`rsatuvchi yozuvlar mavjud bo`lib, ular naqsh bezaklari usta Xoja Hoshim va muhandis-bunyodkor Do`stmuhammad ijodlarining namunalaridir. Madrasa 1978-yilda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi usta Abdug`affor Xaqqulov tashabbusi bilan qayta ta`mirlandi.


FOTOGALLEREYA