MUZEY ASHYOLARINI TA`MIRLASH VA MUHOFAZA QILISH MUTAXASSISLARI

MUZEY ASHYOLARINI TA`MIRLASH VA MUHOFAZA QILISH MUTAXASSISLARI


MA`LUMOTLAR

Umumiy ma`lumotlar
Telefon: +998 (66) 234 82 15
E-mail: info@samarkandmuseum.uz


VAZIFA TAQSIMOTI

Bo’lim mudiri muzey boyliklarini konservasiya va restovrasiya qilish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqadi hamda bo’lim yillik rejalarini tuzadi,yodgorliklarni konservasiya va restovrasiya qilishning uslub va usullarini tavsiya etadi;

Bo’lim mudiri bosh muxofizga bevosita bo’ysunadi;

Bo’lim xodimlari, ta’mirchilar, konservasiya va restovrasiya bo’yicha tadbirlarni, rejalarni tavsiyalarni amalga oshiradilar;

Amalga oshirilgan ta’mir ishlariga maslaxat organi hisoblanmish -ta’mir ish bo’yicha kengash xulosa qiladi. Bu kengashning bayonnomalari barcha a’zolarining imzosi bilan rasmiylashtiriladi;

Muzey boyliklarini konservasiya va restovrasiya qilish faqat o’zini oqlagan uslub va ta’mir ashyolari bilan bajariladi;

Bo’lim mudiri va xodimlari amalga oshirayotgan ishlarini xujjatlar asosida qaydga olishlari zarur. Ta’mir ishlari davomida buyumni ta’mirgacha, ta’mir jarayonida va ta’mir tugagandan keyin fotosuratga tushirish lozim;

Bo’lim mudiri ta’mirchilarni ashyolar va asbob uskunalar bilan ta’minlash bo’yicha talabnoma tuzadi;

Ta’mirchilar muntazam ravishda muxofizlar bilan birgalikda muzey buyumlarini ko’zdan kechirib turishlari zarur. Ularning holatini qayd etib,zararlanish sodir bo’lgan holatda tezlik bilan bosh muxofizni xabardor qilishlari va ta’mir choralarini ko’rishlari lozim;

Ta’mirchi muzey buyumlarining holati uchun, ta’mir ishlarini xujjatlashtirish uchun javobgardir;

Muzeydan tashqarida bo’ladigan ko’rgazmalarga yuborilayotgan va ko’rgazmadan qaytib kelgan muzey buyumlarini quti va boshqalarda joylashtirishga va ulardan olish ishiga ta’mirchilar rahbarlik qiladilar;

Ta’mirchilar sotib olish komissiyasi ishida qatnashadilar.


BO`LIM XODIMLARI

RASSOM-RESTAVRATOR:Boliyev Bahriddin Niyozovich

RASSOM-RESTAVRATOR:Soloduxina Natalya Vladimirovna

RASSOM-RESTAVRATOR:Ortiqova Hilola Abduraxmonovna

RASSOM-RESTAVRATOR:Sa`dullayeva Nigora Sharofiddinovna