MIRZO ULUG‘BEK RASADXONASI MUZEY MAJMUASI

MIRZO ULUG‘BEK RASADXONASI MUZEY MAJMUASI

FOYDALI MA`LUMOLAR

QOIDALAR:

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.


SERVIS VA XIZMATLAR

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.

ISH TARTIBI

Muzey 09:00 dan 18:00 gacha tashrifchilarni qabul qiladi. (faqat muzey ilmiy bo’limlari xodimlariga shanba va yakshanba kunlari dam olish hisoblanadi)


PRAYSKURANT

Har oyning birinchi yakshanba kuni barcha davlat muzeylariga kirish BEPUL

18 yoshga to`lmagan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchilarga Seshanba va Juma kunlari muzeylarga kirish BEPUL

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN MDH DAVLATLARI FUQAROLARI VA XORIJIY SAYYOHLAR UCHUN

Muzey nomi

Bir kishiga kirish narxi

Bir kishiga kirish narxi

Bir kishiga kirish narxi

20 fevraldan 20 noyabrgacha
(mavsum davrida)

20 noyabrdan 20 fevralgacha
(mavsum bo`lmagan davr)

x

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

1

MIRZO ULUG‘BEK RASADXONASI MUZEY MAJMUASI

3.000 2.000 1.500 1.000 20.000 10.000

MUZEY TARIXI

Mirzo Ulug‘bek 1409-yilda taxtga o‘tirib, boy meros, yetarli darajada ilmga hamda davlatga ega bo‘ldi. Mamlakat poytaxtida yuzlab olimlar, hunarmandlar, iste’dodli rassomlar va quruvchilar istiqomat qilardi. Mirzo Ulug‘bek davrida shahar yanada obodonlashtirilib, Movarounnahrning ilmiy va madaniy markazi bo‘lib qoldi.

U asosiy vaqtini ilmga bag‘ishlab, Samarqandda matematika va astronomiya fanining eng ilg‘or olimlarini to‘pladi va shaharning shimoliy-sharqida rasadxona qurishga farmon beradi. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan biridir. Bino 1428-29-yillarda Ko‘hak(CHo‘ponota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan. Rasadxona silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30,4 m dan iborat ulkan bino bo‘lib, unda radiusi 40,2 metrli gigant kvadrant bo‘lgan. Kvadrantning janubiy qismi er ostida joylashgan bo‘lib, qolgan qismi shimol tomonda er sathidan 30 metr baland bo‘lgan.

1964-yilda rasadxona yonida muzey ochilgan. 1994 yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan rasadxonada katta obodonchilik ishlari amalga oshirildi, muzeyning yangi ekspozitsiyalari yaratildi. Lekin binoning seysmik talablarga javob bermasligi hisobga olinib 2010-yil eski muzey binosi o‘rnida yangi muzey binosi qad ko‘tardi.

Rasadxona joylashgan hududning g‘arbiy tomonidan ko‘tarilaverishda O‘zbekiston xalq rassomi, Ravshan Mirtojiev tomonidan yaratilgan buyuk olim, taniqli davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning taxtda o‘tirgan haykaliga duch kelamiz. Haykalining orqa tomondagi «yulduzli osmon» tasviri tushirilgan panno chizmasini esa Respublika badiiy akademiyasi a’zosi Rustam Solijonov muyqalamiga mansubdir.

Muzey va rasadxonaning yog‘ochdan tayyorlangan o‘ymakor eshiklari Toshkentdagi «Ijod-ijod» xususiy korxonasi ustalari tomonidan tayyorlangan.

Muzeyga kiraverish qismining to‘g‘risida Mirzo Ulug‘bekning portreti ko‘zga tashlanadi. Mazkur portret O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademigi, O‘zbekiston xalq rassomi Akmal Ikromjonov tomonidan yaratilgan. Ushbu xonaning chap tomonida qo‘lida kitob tutgan holda buyuk olim siymosini ko‘ramiz. Ustoz – shogird boshlari uzra 12 yulduz burji diqqatingizni tortadi. Devorning o‘ng tomonida Mirzo Ulug‘bek shogirdlari Ali Qushchi va Miram Chalabiylarga «Usturlob» ilmidan ta’lim berayotgan holat, olimlar globus va turli xil asbob – uskunalardan foydalanayotgan ish jarayoni mo‘yqalam sohiblari tomonidan ko‘rsatilgan. Quyosh «namoyon» uslubida tasvirlangan. Ushbu suratlar muallifi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi qoshidagi ijodkorlar uyushmasi a’zosi Mirhomid Sabirov, O‘zbekiston san’at arbobi Xurshid Nazirov, taniqli naqqosh Ahror Asqarov tomonidan barpo qilingan. Muzeyning ko‘rgazma zallari jahon standartlariga mos vitrinalar bilan jihozlangan.

Movarounnahrni sohibqiron bobokalonimiz mo‘g‘ul istilosidan xolos etib, buyuk Turon davlatini qayta tiklash bilan birga markazlashgan qudratli davlatni barpo etgan. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarda foydalanilgan «Dovul» asbobi ekspozitsiyamizdagi asl ashyolardan hisoblanadi.

Sohibqiron Amir Temur Sharq va G‘arb davlatlari bilan doimiy aloqalar o‘rnatib  «Buyuk Ipak yo‘lini» qayta tikladi va savdo sotiq va madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘ydi.

Mirzo Ulug‘bek musiqa san’atiga ham juda katta qiziqish va e’tibor bilan qaraydi. O‘zi ham shu san’at bilan shug‘ullanadi va bir nechta musiqa asarlari yozadi. Bu davrda Darvesh Ahmad Qonuniy, Sulton Ahmad, Sulton Muhammad, Xofizi Changiniy kabi mohir musiqashunoslar xalq orasida juda mashhur bo‘lishgan.

Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek madrasasi o‘z davrining mukammal oliy ta’lim maskani bo‘lib, o‘rta asrlar sharoitida o‘ziga xos universitet maqomida bo‘lgan.

Buxorodagi madrasa esa kattaligi jihatdan Movorounnahrdagi ikkinchi nufuzli madrasa bo‘lib, uning eshigiga Ulug‘bek tomonidan «Ilm olishga intilish har bir muslim va muslima uchun farzdir» degan hadis bitilgan.

Madrasada bilim olish muddati 8 yil davom etgan. Shu muddat davomida talabalarga oylik maosh va ulfa deb atalgan maxsus to‘lov puli berib borilgan.

1424 – 1428-yillarda qurilgan Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi XV asr me’morchiligining nodir namunalaridan bo‘lgan. Bobur Mirzoning yozishicha, rasadxonaning sirti koshin va chiroyli bezaklar bilan ziynatlangan bo‘lgan.

Rasadxonaning bosh astronomik uskunasi – kvadrant asbobi osmon va yer meridiani bo‘ylab yo‘naltirilgan bo‘lib, uning radiusi 41 metrni tashkil etgan. Kvadrant ulkan yoyning darajalanishi yer sirtidan11 metr chuqurlikdan boshlanib, uning tepa qismi, balandligi yer sathidan 29 metrni tashkil etgan.

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasida kvadrantdan tashqari bir necha kuzatish asboblaridan ham foydalanilgan. Ularning orasida armilyar sfera (Zat al-xalak), trikver (Zatash-shubatayn) kabi asboblar mavjud bo‘lgan.

Ekliptika og‘maligi yulduz yilining hisobi, sayyoralarning yillik hisobini aniq hisoblash, kabi masalalar ekspozitsiyada alohida o‘rin tutadi. Bugungi fan va texnika rivojlangan davrda aniqlangan ma’lumotlar bilan Mirzo Ulug‘bek aniqlagan ma’lumotlar qariyib farqsiz ekanligi ikkinchi zalimizning o‘ng qo‘ldagi ikkinchi jadvalida yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Birgina rasadxonaning o‘zida yuzga yaqin iste’dodli astronomlar riyoziyot va handasa ilmi sohiblari faoliyat olib borishgan. Ular o‘z davrining Aflotuni sifatida ulug‘langan mavlono Salohiddin Muso Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek o‘z o‘g‘li qatorida ko‘rgan Ali Qushchi, Koshonlik alloma G‘iyosiddin Koshiy va alloma Muyiniddin Koshiy kabi atoqli olimlar faoliyat olib borar edi. MirzoUlug‘bekning yulduzlar katologi 1690 yili Polyak olimi Yan Gaveliyning (1611-1687) «Astranomiya darakchisi» nomli asarida nashr etilgan va bu asarda Mirzo Ulug‘bek besh astronom Ptolemey, Tixo Brage Richchioli, Vilgelm-IV va Yan Gaveliy davrasida, aylana stol atrofida astranomiya muzasi (ma’budasi) Uraniyaning o‘ng tomonida birinchi bo‘lib o‘tiribdi. MirzoUlug‘bek o‘tirgan o‘rnining orqasida «O‘z ishimni munosib avlodlarimga qoldirdim» degan so‘zlar bitilgan.

Yan Gaveliyning asarida «Tarozu burji» adolat ramzi hisoblanadi.

Mirzo Ulug‘bek «Zij» ining Evropadagi ilk nashri Oksford universitetining professori Jon Grivs tomonidan amalga oshiradi. U «Zij» ga sharh yozib, uning bir qismini 1648-yilda chop ettiradi.

Grinvich observatoriyasining birinchi direktori J.Flemstid 1725-yilda Mirzo Ulug‘bek «Zij» ini o‘zining «Osmon tarixi» kitobida nashr ettiradi.

Mirzo Ulug‘bek «Zij» ini 1724-yili fors tilidan gruzin tiliga Gurjiston podshosi Vaxtand VI tarjima qiladi.

Sankt – Peterburg akademiyasining birinchi akademigi – astronom Jozef Nikola Delil o‘z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab Ulug‘bek «Zij» ini lotin tiliga tarjima qilgan.

Rus olimi V.L.Vyatkin vaqf hujjatlaridan birida Obi Rahmat arig‘i yoqasidagi Naqshi jahon degan joyda «Tali rasad» («rasadxona tepaligi») bo‘lgani haqidagi ma’lumotni uchratib qoladi. 1908 yilda u huddi shu erda qazish ishlarini olib boradi. Nihoyat XX asrning boshlaridagi eng ulkan kashfiyot ro‘y beradi – Ulug‘bek rasadxonasi ochiladi.

Mirzo Ulug‘bekning Evropada katta obro‘ – e’tibor qozongani, osmon yoritgichlarining nomlarida ham o‘z aksini topgan. Yan Gaveliyning zamondoshi, italiyalik astronom Jovanni Richchioli 1651–yilda oydagi kraterni qadimda yashab o‘tgan buyuk olimlarning nomlari bilan aytishni taklif qilgan. Oydagi bo‘ronlar okeani «sohilidagi» kraterlardan biri Mirzo Ulug‘bek nomi bilan atalgan. U bilan birga Ibn Sino, Ahmad Farg‘oniylarning ham kraterlarini ko‘rish mumkin. Quyosh sistemasining 1977-yilda ochilgan 2439 raqamli kichik sayyorasiga Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan Boburiy Muhammadshohning farmoyishi bilan XVIII asrning birinchi yarimida, astronom Savay Jay Sinx tomonidan Jaypur, Banoras va Dehlida rasadxonalar barpo etilgan. Bunda Samarqand astranomiya maktabi uskunalaridan andoza olishgan.

Mirzo Ulug‘bek davrida Samarqand astronomiya maktabining jahonshumul yutuqlari Xitoy astronomiyasining yanada rivojlanishida katta ta’sir ko‘rsatadi. Iezuit monax, olim Antuan Gobil (1689-1759) esa Xitoy astronomiyasi haqida: «Bu sohada Xitoylar nimani bilgan bo‘lsa, ularning barchasi G‘arbdan Samarqand tomonidan kelgan» deb aytgan edi.

1432-yilda Koreya qiroli Yi Do Xitoy orqali Samarqand astronomiya maktabi bilan tanishadi. Shu bilanUlug‘bek maktabining an’analari Koreyada ham rivojlanadi.

1470-yilda Ali Qushchi Mirzo Ulug‘bek kutubxonasidan olingan kitoblar va «Zij» asarining nusxalarini Istambulga olib keladi, ular orqali Mirzo Ulug‘bek maktabi yutuqlarini keng miqyosida tarqalishiga erishadi. Buyuk ajdodimiz teleskoplar asridan oldingi davrda eng ulkan va mukammal inshoot – rasadxona barpo etadi.

Mirzo Ulug‘bek «Zij»iga eng mukammal sharh eronlik munajjim va riyoziyot olimi Nizomiddin Birjandiy tomonidan 1523-yilda yozilgan «Sharxi Ziji Ulug‘bek»dir.

Qohiralik munajjim Muhammad Al-Misriy (XVI asr) Mirzo Ulug‘bek «Zij»ini osonlashtirish («Tashil Ziji Ulug‘bek») nomli asar yozadi va uning jadvallarini Qohira kengliklariga moslashtiradi.

Mirzo Ulug‘bekning boy merosi milliy ma’naviyatimiz rivojida naqadar muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda uning ilmiy merosini har tomonlama, chuqur o‘rganish bo‘yicha mustaqillik yillarida ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va rahbarligida Mirzo Ulug‘bekning 600 va 615 yillik tavallud ayyomlari xalqaro miqyosida keng nishonlandi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 1994-yilni «Mirzo Ulug‘bek yili» deb e’lon qilindi. 2009-yilni esa BMT «Xalqaro astranomiya yili» deb e’lon qildi.

Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon va respublikamizning tarixiy shaharlarida uning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab me’moriy obidalar, qadamjoylar ta’mirlandi va obodonlashtirildi.


  • MUZEYNING NOMLANISHI

    MIRZO ULUG‘BEK RASADXONASI MUZEY MAJMUASI

  • TASHKIL TOPGAN YIL:

    1970

  • ISH TARTIBI:

    9.00 dan 17.00 gacha dam olish kunisiz (faqat muzey ilmiy bo’limlari xodimlariga shanba va yakshanba kunlari dam olish hisoblanadi)

  • MANZILI:

    Samarqand shahri, I.Karimov ko’chasi

  • TELEFON:

    +998 (66) 234-82-15

  • E-MAIL:

    info@samarkandmuseum.uz

  • RAHBARI:

    UMAROV AVAZ ALAM O’G’LI

  • XARITADA JOYLASHUVI:

STATISTIKA

1962
Umumiy eksponatlar
136
Etnografiya
2350
Numizmatika
985
Arxeologiya
98
Hujjatlar fondi
918
Boshqa eksponatlar




FOTOGALLEREYA