KADRLAR BO`LIMI

KADRLAR BO`LIMI


MA`LUMOTLAR

Umumiy ma`lumotlar
Telefon: +998 (66) 234 82 15
E-mail: kadrlar-bulimi@samarkandmuseum.uz
Bo`lim boshlig`i: Ulashov Kamoliddin Maxmudovich


VAZIFA TAQSIMOTI

Muzey qo’riqxonani talab qilinadigan ixtisos va malakaga ega kadrlar bilan ta’minlash ishlariga boshchilik qiladi. Kadrlarni faoliyatini samaradorligini, muzey xodimlari etikasiga mos ravishda o’zlarini namoyon qilishlarini, muzey xodimlari o’rtasida buzg’unchilik g’oyalari paydo bo’lmasligini nazorat qilish tizimini yaratadi va har bir kengashda maxfiy masala sifatida o’rganilishini ta’minlaydi;

Ishga qabul qilish, ishdan bo`shatish, boshqa vazifaga o’tkazish masalalari bo`yicha fuqarolarni qabul qiladi;

Ixtisosiga qarab yosh mutaxassislarni ishga qabul qilish va to’g’ri foydalanishni ta’minlaydi;

Mehnat qonunchiligi, muzey-qo’riqxona nizomi, direktor buyruqlariga muvofiq xodimlarni ishga qabul qilishda, muovunlar bo’lim va filial mudirlari, bosh muhofizni takliflarini olib xulosa tayyorlaydi, boshka ishga o’tkazish va ishdan bushatish masalalarini rasmiylashtiradi, ishchilar tartibini tahlil qilib boradi, xodimlarning oldingi va hozirgi faoliyati hakida ma’lumotnomalar beradi, muzey xodimlarini boshqa haq to’lanadigan ishlarda faoliyat ko’rsatishiga, muzey manfaatlariga zid topshiriqlar beruvchilar bilan aloqada bo’lishlariga, foyda ko’rish maqsadida sohaga oid savdo-sotiq ishlariga aralashmaslikka, bu ishga dahldor shaxslar bilan hyech qanday aloqada bo’lmaslikni yoki shunga o’xshash shaxslarni muzey sohasiga ishga taklif qilinmasligiga, muzeyga raqobatchi sifatida kolleksiya yig’ish bilan shug’ullanadiganlarni safimizda bo’lishiga yo’l qo’ymaslikka mas’ul, mexnat daftarchalarini to’ldiradi va kadrlar buyicha belgilangan xujjatlarni to’ldiradi, hamda xodimlarni mukofotga tavsiya etish buyicha xujjatlarni tayyorlaydi;

Kasaba uyushmasi bilan birgalikda muzey xodimlarining nafaqaga chiqish bo’yicha xujjatlarini tayyorlaydi va ularni ijtimoiy ta’minot organlariga yetkazadi;

Filiallar boshliqlari tomonidan kadrlarga oid qarorlar,buyruqlar va farmoyishlarning ijrosini nazorat qiladi;

Kadrlar harakatini, kadrlar quyimsizligi sabablarini urganadi va ularni tugatish buyicha tadbirlar ishlab chiqadi;

Muzeylarda, yodgorliklarda mexnat intizomi ahvolini va xodimlar tomonidan ichki mexnat tartibi qoidalarini rioya qilishni nazorat qilishga mas’ul;

Kadrlar bo’limi uchun belgilangan hamma hisobotlarni o’z vaqtida tayyorlashni ta’minlaydi;

Huquqshunos, va filial rahbarlari bilan oyida bir marta tanlov asosida bitta muzeyni shtatlar jadvali talablariga muvofiq faoliyat yuritilayotganini, ichki mehnat tartibiga rioya qilinayotganini xizmat vazifasiga mos oylik maosh olayotganini o’rganib chiqadi va bosh direktorga ma’lumot kiritadi;

Ish haqi tabellarini to`ldiradi Bosh direktorga tasdiqlatib hisobxonaga taqdim etadi.

Mehnat qonunchiligi asoslarini kadrlar bilan ishlashga oid barcha qarorlar, nizomlarni va boshqa xujjatlarni puxta va qonun talablari darajasida bo’lishiga javobgar.


BO`LIM XODIMLARI

BO`LIM BOSHLIG`I:Ulashov Kamoliddin Maxmudovich

BOSH MUTAXASSIS:Sindarova Zilola Davurovna