ILMIY KOTIB

RUSTAMOV SHAMSIDDIN SALOHIDDIN O’G’LI

RUSTAMOV SHAMSIDDIN SALOHIDDIN O’G’LI

ILMIY KOTIB

  • BIOGRAFIYA:

    Rustamov Shamsiddin Salohiddin o’g’li, 1990 yil 4 noyabrda Samarqand viloyati Urgut tumani Ipakli mahallasida shifokor oilasida tug’ilgan. Millati o’zbek. 1997 yilda Urgut tumanidagi 29-sonli maktabning 1-sinifiga borgan.Ushbu maktabning 11-sinfini 2008 yilda a’lo baholar bilan tamomlab, shu yilda Samarqand Davlat Universiteti tarix fakultetiga o’qishga qabul qilingan va 2013 yilda Tarixchi mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tamomlagan. 2013 yilda mazkur institutning magistratura bosqichiga o’qishga kirgan. Ushbu institutni 2015 yilda Tarixshunoslik va manbashunoslik tarixiy tadqiqot usullari mutaxassisligi bo’yicha tamomlab magistr darajasini olgan. Oilali, bir nafar farzandi bor.

    Sh.Rustamov 2015 yil sentyabridan 2017 yilga qadar O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida arxeologiya bo’limi katta ilmiy xodimi lavozimida ishlagan. 2017 yil yanvaridan 2020 yil iyuliga qadar O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida Tarix va etnografiya bo’limi mudiri, 2020 yil iyulidan boshlab xozirgi paytda Samarqand davlat muzey qo’riqxonasi ilmiy kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.

    Sh.Rustamov o’z ish faoliyati davomida Samarqand viloyatining XIX asr oxiri XX asr boshlari tarixiga doir 6 ta ilmiy maqolalar muallifi, 2 ta xalqaro ilmiy konferensiya (o’z ilmiy maqolasi bilan) ishtirokchisi hisoblanadi.

    Hozirgi vaqtda Samarqand davlat muzey qo’riqxonasi fondi ashyolari asosida mustaqil tadqiqotchi sifatida o’z ilmi ishini davom ettirmoqda.

    2017-2020 yillar davomida O’zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida O’zbekiston respublikasi mustaqilligining 26 yilligiga bag’ishlangan “Mustaqillik”, shuningdek, “Qozog’iston manzaralari”, “Samarqand muzeyidan fotolavhalar”, “Buyuk mamlakatning buyuk me’mori”, “O’zbekiston dunyo madaniyatliri chorrahasida” ko’rgazmalarida reekspozisiya ishlarini amalga oshirdi.

    Shu bilan birga muzeyshunoslik sohasida aloqalarni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

  • LAVOZIM VAZIFALARI

    Bosh direktorga bo’ysunadi, direktor tomonidan ishga tayinlanadi va boshqa ishga o’tkaziladi;

    Bosh direktor va uning ilmiy ishlar bo’yicha o’riibosari boshchiligida muzey-qo’riqxona yillik va perspektiv rejalarining muxokama qilish va tayyorlashda qatnashadi, ilmiy va fond bo’limlaridagi ish rejasining borishini nazorat qiladi;

    Muzey kengashi kun tartibini va muxokama qilinadigan xujjatlarni talab darajasida tayyorlaydi va muhokamadan oldin belgilangan vaqtlarda kengash a’zolariga yetkazib fikrlarni umumlashtiradi, imzolarini ma’lumotnoma va qarorda kontrasignatura sifatida bo’lishini ta’minlaydi, kengash muhokamasidan so’ng ijrochilarga 3 kun muddatda yetkazadi va ijro monitoringini yuritadi, nazoratdan chiqaradi va majlislarda kotiblik kiladi. Ilmiy Kengash, muzey kengashlari va ma’muriy yig’ilishlar majlis bayonlarini yozib boradi;

    Muzey-qo’riqxona faoliyati umumiy hisobotini muzey ilmiy ishlari xususidagi ma’lumotnoma va hisobotlarni tuzadi, tahlil qiladi, xato va kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqib tasdiqga kiritadi.

    Muzey yillik va perespektiv ishlari rejalarini tuzadi.

    Ma’ruzachi targ’ibotchilar faoliyatini, konferensiyalar va ilmiy kengash ishini tashkillashtiradi.

    Muzey-qo’riqxona statistik ma’lumotini umumlashtirgan holda yukori tashkilotlarga taqdim etish uchun hozirlaydi;

    Muzeylarda sanitar kunlarini o’tkazilish tartibini ishlab chiqadi va ijrosini nazorat qilib boradi;

    Ilmiy arxiv ishini olib boradi.

FOTOLAVHALAR