ILMIY ISHLAR BO`YICHA BOSH DIREKTOR O`RINBOSARI

XAKIMOV ILHOM XALILOVICH

XAKIMOV ILHOM XALILOVICH

ILMIY ISHLAR BO`YICHA BOSH DIREKTOR O`RINBOSARI

  • LAVOZIMI:

    ILMIY ISHLAR BO`YICHA BOSH DIREKTOR O`RINBOSARI

  • QABUL VAQTI:

    DUSHANBA-JUMA (9:00 - 16:00 GACHA)

  • TELEFON:

    +998 (66) 234 82 15

  • E-MAIL:

    i.xakimov@samarkandmuseum.uz

  • BIOGRAFIYA:

    Xakimov Ilhom Xalilovich 1982-yilda Samarqand shahrida tug'ilgan. 2004-yilda Samarqand davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagan.

    2004-yildan 2012-yilgacha Samarqand shahrining Bibixonim majmuasida ekskursavod. 2012-yildan 2015-yilgacha Bibixonim majmuasi direktori bo'lib ishlagan.

    2015-yildan hozirgi kungacha Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi bosh direktorining ilmiy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

  • LAVOZIM VAZIFALARI:

      Muzeyning ilmiy ishiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, muzey ilmiy bo‘limlari, filiallarining ilmiy-tadqiqot, ekspozitsiya va ko‘rgazmalar tashkil etish, fond, ilmiy- uslubiy, ilmiy-oqartuv va nashr etish ishlariga bevosita rahbarlik qiladi; Ilmiy-uslubiy kengashga boshchilik qiladi;

      Muzey ilmiy kengashi raisiiing o‘rinbosari hisoblanadi;

      Muzey-qo‘riqxona bosh direktoriga bevosita bo‘ysunadi;

      Muzey-qo‘riqxona yillik reja va hisobotini tayyorlashda, uni qabul qilib olish va yuqori tashkilotga takdim etishda mas’ul hisoblanadi;

      Ilmiy xodimlarni ishga qabul qilishga, boshqa vazifaga o‘tishiga tavsiya beradi, tabel tuzadi;

      Ilmiy ish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan xodimlarga shart-sharoitlarni yaratib beradi;

      Bosh direktor lavozimi ma’lum sabablarga ko‘ra bo‘shagan taqdirda, Bosh direktor v.b bo‘lib ishlaydi;

      Muzey xodimlarini OAV (ommaviy axborot vositalari) orqali chiqishlarini nazorat qiladi;

      Fond, kutubxona, ilmiy-tadqiqot bo‘limlari mudirlari ish taksimotiga asosan ish rejasini ko‘radi va tahlil qiladi, ijrosini to‘liq ta’minlanishiga mas’ul hisoblanadi;

      Muzey ilmiy-fond va ilmiy-ma’rifiy faoliyatini quyidagi yunalishlar buyicha tashkil etadi:

      Yangi ekspozitsiya va ko‘rgazmalarni yaratish, ilmiy ishlash;

      Boshqa shaharlardan keladigan ko‘rgazmalarni tashkillashtirish va qabul qilib olish. Ilmiy-tadqiqotlar, tematik strukturalar va tematik-ekspozitsion rejalar muxokamasi va litsenziyasini tashkillashtiradi.

      Reklama va ilmiy ishlarni nashrga tayyorlaydi;

      Muzey-qo‘riqxona ekspozitsiyalarida o‘rnatilgan eksponatlarni muhofaza qilish ishini tashkil qiladi;

      Rassomlar, dizaynerlar va loyihachilar bilan yaqin aloqada ishlaydi.

      Ilmiy konferensiyalar, ekspeditsiyalar, ilmiy xizmat safarlari, kadrlarning malaka oshirishi kabi ishlarni tashkillashtiradi:

      Barcha ekspozitsion, fond va filiallar ilmiy tadqiqot va ekspozitsion ishlarini ekspozitsiyalar va ko‘rgazmalar rivojlanishining perspektiv rejalariga muvofiq borishini nazorat qilib boradi;

      Muzey ilmiy xodimlari ishini nazorat qiladi, boshka tashkilotlar va korxonalar bilan aloqani mustahkamlaydi.

      O‘zining ishini muzey Nizomi, bosh direktor buyruq va farmoyishlari, bosh direktor tomonidan tasdiqlangan huquq  va vazifalarga amal qilgan holda olib boradi, faol  qatnashishni  yo‘naltirib, xodimlarni muzey faoliyatini rivojlantirish, uni zamonaviy va ommabop muzey sifatida  tanilishi, tariximizni haqqoniy yoritilishiga

      tashabbuslarnini muvofiqlashtirib berilishiga bevosita rahbarlik qiladi, har bir xodimning yutuqlarini muzey yutuqlariga aylantiradi, tashabbuskor kadrlarni  rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqib muvofiqlashtiradi;

      Muzey-qo‘riqxonaning ilmiy, ilmiy-tashkiliy, faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

      Muzey ekspozitsiyalarini, g‘oyaviy tuzilishiga mas’ul;

      Jamoat tashkilotlari bilan birgalikda muzey xodimlarining ma’rifiy o‘sishi marketing malakasini oshishi va jamoada tarbiyaviy ishlarning o‘sishiga mutasaddi hisoblanadi;

      Muzeyning veb-saytini tashkil qiladi va doimiy ravishda nazorat qilib boradi;

FOTOLAVHALAR