HISOB-KITOB BO`LIMI

HISOB-KITOB BO`LIMI


MA`LUMOTLAR

Umumiy ma`lumotlar
Telefon: +998 (66) 234 82 15
E-mail: buxgalteriya@samarkandmuseum.uz
Bo`lim boshlig`i: Jozilov Shuxrat Abdug`ofurovich


BOSh HISOBChI

Muzey-qo’riqxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini hisob-kitob qilish ishini uyushtiradi, unga raxbarlik qiladi;

Xizmat ko’rsatish bo’yicha daromad va kassa rejalarini ishlab chiqadi va filiallar diqqat e’tiboriga yetkazadi;

Rejalarning bajarilishining hisob kitobini olib boradi va bu borada tugagan oyning natijalari bo’yicha bosh direktor huzuridagi doimiy kengashda axborot beradi, kreditorlik va debitorlik qarzlarni tugatish yuzasidan chora tadbir ko’radi, turistik tashkilotlar bilan aloqada bo’lib barcha muammolarni yechishga harakat qiladi va bu borada ma’muriyatning e’tiborini hal qilishning mushkul masalalarga tortadi; moliyaviy ko’rsatkichlarni filiallar tomonidan bajarilishini kassa intizomini rioya qilishni nazorat qiladi;

Muzeyda buxgalterlik hisob-kitobini va hisobotlarini tug’ri yo’lga qo’yishni ta’minlaydi;

Xarajatlar smetasi, balanslar, buxgalterlik hisobotlarining, kassa rejasining ijrosini tashkil qiladi. Davlat byudjetiga soliqlarni va boshqa to’lovlarni to’g’ri o’tkazishni ta’minlaydi va jadval tarzda reja fakt solishtirmasida bosh direktorga oy yakuni bilan ma’lumot taqdim qilib boradi;

Muzey mol-mulkini muntazam xatlovdan o’tkazish ishiga rahbarlik qiladi;

Kamomad va boshqa qonunbuzarliklarni oldini olish uchun chora tadbirlarni amalga oshiradi. Kassa va hisob-kitob intizomini qattiq rioya qilishni, bank muassasalaridan olgan pullarni belgilangan maqsadda ishlatishni, buxgalterlik xujjatlar va arxivini saqlashda tartib o’rnatishni ta’minlaydi;

Pul va xo’jalik narsa buyumlarining qabul qilish va sarf-xarajat qilish xujjatlarini o’z vaqtida va tug’ri tartib berishni, ish xaqi fondining tug’ri harajat qilishni, belgilangan shtatlarni oylik maoshlarni, smetalarni, ma’muriy xo’jalik va boshqa xarajatlarni rioya qilishni nazorat qiladi.

MOL-MULKNI HISOBGA OLUVChI HISOBChI

Buxgalterlik hisob kitobning turli xillari buyicha (asosiy vositalarni, narsa buyumlarni hisobga olish ko’rsatilgan xujjatlari va x.k.) ish olib boradi;

Hisob-kitobning tegishli turi bo’yicha xujjatlari qabul va nazorat qiladi, ularning aniq hisob-kitobini olib beradi;

Moddiy-kiymatliklar va buyumlardan tug’ri foydalanishni tejamkorlik rejimiga rioya qilishni nazorat qiladi, Har yili inventarizasiya o’tkazadi;

MAOSh VA NAFAQALARNI HISOB-KITOB QILUVChI HISOBChI

Ish haqi va nafaqalarni hisob qilish ishini bajaradi;

Nafaqalarni hisob qilish uchun xujjatlarni qabul qiladi va shu ishni oxirigacha yetkazishni nazorat qiladi; Daromad soliqlarini undirish va o’z vaqtida byudjetga o’tkazishga javobgardir;

Ish haki bilan bog`lik hisobotlarni tuzadi va o`z vaqtida tegishli tashkilotlarga topshirilishini ta’minlaydi.


BO`LIM XODIMLARI

BOSH BUXGALTER:Jozilov Shuxrat Abdug`ofurovich

ISH HAQI HISOBCHISI:Qudratova Zilola Toshpo`latovna

IQTISODCHI:Qarshiboyev Akbar Abdulazimovich

MODDIY QIYMATLAR HISOBCHISI:Muxammadiyeva Feruza Nasriyevna

BOSH HISOBCHI O`RINBOSARI:Rahmatova Munira Aminjonovna