BOSH MUHOFIZ

YUNUSOV MAHMUDXON ASATULLAEVICH

YUNUSOV MAHMUDXON ASATULLAEVICH

BOSH MUHOFIZ

  • BIOGRAFIYA:

    Yunusov Mahmudxon Asatullaevich 1983-yil 20-martda Jizzax viloyati Do'stlik tumanida tug'ilgan.

    2005-yilda u bakalavr, 2008-yilda SamDUning tarix fakulteti magistratura darajasini oldi.

    Mehnat faoliyatini Samarqand Turizm kollejida tarix o'qituvchisi sifatida boshlagan, ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, turizm va xizmat ko'rsatish bo'limi boshlig'i, ushbu kollejning direktorining mafkuraviy va tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

    2014-yildan boshlab u dastlab Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi fondida katta ilmiy xodim bo'lib ishlagan. 2015-yildan boshlab Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi bosh muhofizi lavozimida ishlab kelmoqda.

  • LAVOZIM VAZIFALARI

    Muzey bosh muxofizi muzey boyliklarini ro’yxatga olish, saqlash, muxofaza qilish va ta’mirlash ishlariga bevosita yoki bo’lim mudirlari orqali rahbarlik qiladi,xazina xonalariga kirish, muzey boyliklaridan foydalanishda belgilangan qonun qoidalarga rioya qilish ishlarini qonun talablari asosida amalga oshirilishiga mas’ul;

    Bosh muxofizni ishga tayinlash yoki bo’shatish chog’ida muzey boyliklarining butligi va saqlanishi, ruyxatga olish va saqlash ishlarining axvoli, muzey xonalari va ulardagi xarorat, namlik, yoruglik shart-sharoitlari, jihozlarning holati aks ettirilgan dalolatnoma tuziladi;

    Bosh muxofiz kasalligi yoki boshka sabablar bilan ishga chikmayotgan davrda uning burchlari muzey direktorining buyrug’i asosida boshqa xodim zimmasiga yuklatiladi;

    Muzey fond boyliklarini joydan joyga ko’chirish bilan bog’liq bo’lgan barcha xujjatlar, yozishmalar, xisobot va rejalash bosh muxofizga tanishib chikish uchun beriladi: U bu xujjatlar bilan tanishib chiqqanligini o’z imzosi bilan tasdiqlaydi;

    Bosh muhofiz muzey ashyolarining fondlarda va ekspozisiyalarda saqlanishiga javobgardir. Bosh muxofizning ro’yxatga olish, saqlash, ta’mirlash ishlariga oid barcha ko’rsatmalari muzey xodimlari tomonidan bajarilishi shartdir;

    Ro’yxatga olish. saqlash, ta’mirlash ishlari bilan shug’ullanuvchi xizmatchilarni, muzey qorovullari va zal nazoratchilarini ishga qabul qilish,bo’shatish yoki boshka vazifaga o’tkazish bosh muxofiz bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;

    Fondlarni hisobga olish va saqlash bo’yicha ilmiy-tadkikot va ilmiy-uslubiy ishlarni tashkil qiladi;

    U o’z ish faoliyatida:

    a) muzey boyliklarini “O’zbekiston Respublikasi Muzeylar to’g’risida” gi qonuni va qonunosti xujjatlariga mos asosida tug’ri ro’yxatga olish;

    b) muzey boyliklarini nobud bo’lishi va ug’irlanishdan ximoyalovchi holda saqlashni tashkil etish

    v) muzey boyliklarining ro’yxatlari va bu boyliklarni saqlashga oid barcha xujjatlarini tug’ri yuritish hamda bu xujjatlarini extiyotlab saqlashga javobgar.;

FOTOLAVHALAR