SAMARQAND VA AFROSIOB SHAHAR TARIX MUZEYI

Foydali ma'lumotlar

QOIDALAR:

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.

Servislar va xizmatlar

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.

Ish vaqti

Музей принимает посетителей с 09:00 до 18:00. (только суббота и воскресенье - выходные для научных сотрудников музея.)

Har oyning birinchi yakshanba kuni barcha davlat muzeylariga kirish bepul. 18 yoshga to`lmagan 

bolalar va ularga hamrohlik qiluvchilarga Seshanba va Juma kunlari muzeylarga kirish bepul

PREYSKURANT

 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUNMDH DAVLATLARI FUQAROLARI VA XORIJIY SAYYOHLAR UCHUN

 

 

 

Muzey nomi

Bir kishiga kirish narxi

Bir kishiga kirish narxi

Bir kishiga kirish narxi

20 fevraldan 20 noyabrgacha
(mavsum davrida)

20 noyabrdan 20 fevralgacha
(mavsum bo`lmagan davr)

 

x

 

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

 

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

 

Kattalar (so`m)

 

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

Samarqand  shahar tarixi afrosiyob muzeyi

5000 so'm

3000 so'm

3000 so'm

2000 so'm

25 000 so'm

15 000 so'm

O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi Markaziy Osiyodagi turli xil qadimiy va tarixiy ashyolarga boy muzeylardan biridir. Muzey Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi tizimidagi muzeylar orasidagi eng yirigi bo'lib, ayni paytda Mustaqillik ekspozitsiyasi, O’zbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida, Markaziy osiyoda yozuvni paydo bo’lishi tarixi, O’zbekistonda temirchilik tarixi va metallga badiiy ishlov berish san’ati, O’zbekistonda kulolchilik san’atining rivojlanish tarix, O’zbekiston tasviriy san’ati durdonalari, O’zbekistonda milliy kiyinish madaniyati, O’zbekiston kashtachilik san’ati, O’zbekiston zargarlik san’ati, Nafis matolar jilosi, Amir temur maqbarasining o’rganilish tarixidan nomli ko'rgazmalar mavjud. Muzeyda tarix va san’at bo‘limlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda, shuningdek muzey binosida Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasining fondi ham joylashgan. Muzeyning 1896-yilda tashkil topganligi to‘g‘risidagi ilmiy arxivda hujjat va ma’lumotlar mavjud. Muzey kolleksiyalaridagi hunarmandchilik va san’at ashyolarining asosiy tarkibi O‘zbekistonning deyarli barcha hududlaridagi badiiy madaniyatni qamrab oladi: janubda – Surxondaryo (qadimiy – Baqtriya-Toxariston-Chag‘aniyon-Movarounnahr-Temuriylar davlati – Buxoro amirligi), markazda – Qashqadaryo, Samarqand va Buxoro (Sug‘d-Movarounnahr-Temuriylar davlati – Buxoro amirligi) va shimoliy-sharqda-Farg‘ona vodiysi, Toshkent viloyati (Farg‘ona-Choch-Ustrushona-Movarounnahr-Temuriylar davlati-Qo‘qon xonligi). Muzey jamg‘armasi va ekspozitsiyalariga mamlakatimiz xalqlari tarixining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy nuqtai nazardan rivojlanish xususiyatlarini ochib beruvchi juda katta miqdordagi qadimshunoslik va yozma yodgorliklari bilan bir qatorda O‘zbekiston san’ati va hunarmandchiligini namoyon qiluvchi osori atiqalar mavjud. Muzeyning eng qadimiy eksponatlari neolit davriga (Zarautsoy, Sarmish va boshqalar) oid qoyaga chizilgan, realistik aks ettirilgan hayvonlar rasmlarining namunalari hisoblanadi. O‘zbekiston janubi va Samarqand viloyati hududidan topilgan muzey eksponatlari miloddan avvalgi II ming yillik oxiri va I ming yillikning birinchi yarmida Baqtriya va So‘g‘dda kulolchilik, zargarlik san’ati nihoyatda yuqori bosqichga ko‘tarilganligidan dalolat beradi. Jarqo‘ton, Sopollitepa shaharchalari va Mo‘minobod, Chakka qishloqlaridan topilgan marosim, xo‘jalik va hasham idishlari shular jumlasidandir. Miloddan avvalgi VI asrda Baqtriya va So‘g‘d hududlarida ushbu davr san’ati mumtoz Sharq madaniyati bilan chog‘ishtirilgan holda namoyon bo‘ladi. Bu davrda qadimiy Eron ilohiy Gopatshoh tasviri tushirilgan gemma, Afrosiyob va Pshaktepadan topilgan nafis qilib ishlangan qadahsimon idishlar, Samarqandda topilgan miloddan avvalgi VI asrga oid sak jangchisining dubulg‘asi ekspozitsiyalarda alohida o‘rin olgan. Ellinizm davriga xos xislatlarning ta’sirini muzeyda namoyish qilinayotgan O‘rta Osiyo antik kulolchilik mahsulotlari kolleksiyasi o‘zida namoyon etadi. Bular shakl jihatidan yunon kulolchiligiga xos bo‘lgan Qoratepa, Tallibarzu, Eski Termiz, Dalvarzintepa va boshqa joylardan topilgan kulolchilik mahsulotlari – amfora, oynaxoyya, lagan, jom, tovoq va h.k. Muzey jamlanmalarida O‘rta Osiyo mayda plastikasi – haykalchalar, yopishtirma tasvirlardan iborat eng boy to‘plamlaridan biri hisoblanuvchi – terrakota haykalchalari majmui juda katta qimmat kasb etadi. Samarqand muzeyi terrakotalari majmui turli milliy an’analar aloqalari va o‘zaro ta’sirlari manzarasini aniqlash imkonini beribgina qolmay, terrakota plastikasi So‘g‘d maktabi xususiyatlarini ham namoyon etadi. Muzey ekspozitsiyasida Qoratepa buddaviylik ibodatxonasidan topilgan san’at va hunarmandchilik ashyolari taqdim etilgan. Nilufar yaproqlari ko‘rinishidagi ziyoratgohning ulkan poydevori bu ekspozitsiyada alohida o‘rin egallagan. III-IV asrlar haykaltaroshligining ajoyib namunalari va turli tuman sopil buyumlar ekspozitsiyadan o‘rin olgan Erqo‘rg‘on shaharchasidan topilgan ashyolarda namoyon bo‘lgan. O‘zida turli mintaqalar san’ati an’analarini biriktiruchi eftalit san’atining tipik qonunlaridan biri Samarqand muzeyida saqlanayotgan, IV-V asrlarda Chelakdan topilgan kumush quyma kosadir. Ilk o‘rta asr san’atining durdonalaridan biri Afrosiyob devoriy suratlari hisoblanadi, ularning asl nusxalari Afrosiyob Samarqand shahriga asos solinishi tarixiy muzeyida namoyish etilmoqda. Muzeyda ilk o‘rta asr plastikasi hajmli haykaltaroshlik bilan yog‘och va ganch bo‘rtma tasvirlari orqali taqdim etilgan. Ularni Varaxsha, Kuyovqo‘rg‘on, Afrosiyob kabi yodgorliklardan topilgan ashyolar misolida kuzatish mumkin. Samarqand muzeyida asosan so‘g‘d ossuariylarining katta to‘plami namoyish etilmoqda, ular to‘g‘ri burchakli so‘yri shaklga ega. So‘g‘d ossuariylari asosan V-VII asrlar bilan davrlangan va ulardagi tasvir sahnalari zoroastrizm dini shohlari va odamlari bilan bog‘liq. Muzeyda so‘g‘d yozuvining noyob yodgorliklari ham saqlanmoqda – bular Mug‘ tog‘idan topilgan, VII-VIII asrlar sanasi qo‘yilgan teridagi yozuv namunalaridir. VIII-asrning oxiri – IX asr boshidan Movorunnahr shaharlarida sirlangan sopol idishlari paydo bo‘ladi va keng yoyiladi. Muzeyda X-XII asrlarga oid, xilma-xil shakl va turli vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan guldor naqshlar orasiga joylashtirilgan hayvon va parrandalar, afsonaviy sfinkslar va takalar, arslon boshli, qanotli maxluq va odam boshli qushlar tasviri bilan bezatilgan bronzadan yasalgan buyumlar namoyish etilmoqda. XII-asrga oid noyob bronza quttichada “Shohnoma”dan lavhalar tasvirlangan muzey ashyosi ham namoyish etilmoqda. Muzey ekspozitsiyalarida shular bilan birgalikda bronza va kumushdan yasalgan shu davrdagi zargarlik buyumlari – bilakuzuklar, shokilalar, uzuklar, suyakdan yasalgan buyumlar – taroqlar, tugmalar, antiqa shoxmot donalari, rang-barang shisha buyumlar – ko‘zachalar, idishlar, turli tuman attorlik ashyolari ham namoyish etilmoqda. Shohi Zinda majmuasining Amir Burunduq maqbarasidan topilgan va muzey ekspozitsiyasida namoyish etilayotgan XV asrga oid o‘g‘il bola yaktagi O‘rta Osiyo to‘qimachiligining eng dastlabki namunalaridan biri hisoblanadi. Muzeyning maxsus ekspozitsiyasida deyarli barcha markazlarning zargarlik san’ati namunalari keng namoyish etilgan, ular orasida zargarlik taqinchoqlarini ommabop qilishga muvaffaq bo‘lgan Buxoro ustalari, shakl jihatidan o‘ziga xos va turli maqsadlarga mo‘ljallangan Xorazm zargarlik buyumlari, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona zargarlarining betakror san’at asarlari namoyish etilmoqda. Qo‘li gul, O‘zbekistonlik, chevarlarning badiiy to‘qimachilik buyumlari – kashtachilik, gul bosish, abr nusxali matolar, gilamlar, zardo‘zlik kiyim- kechaklari namoyon etilgan. Ekspozitsiyada nomoyish etilayotgan kashtalar asosan shoyi yoki baxmalga tikilgan. Zardo‘zlikda asosan islimiy, goh-goh handasaviy gullar tikilgan. Ipak, yarimipak abrli matolar – shoyi, atlas, beqasam, olacha va boshqa matolarning boy to‘plami muzeyda jamlangan. Ekspozitsiyada deyarli yurtimizning barcha kashtachilik markazlari: Buxoro, Nurota, Samarqand, Toshkent, Shahrisabz, Farg‘ona kashtachilik maktablari namunalari o‘rin olgan. Samarqand muzeyi fondlarida yurtimizning tasviriy san’ati namunalari boy va keng namoyish etilgan. Ayniqsa, muzeyning rang-tasvir san’ati asarlari fondi diqqatga sazovordir. Muzeyda mashhur musavvirlar Ch.Axmarov, R.Timurov, P.Benkov, L.Bure, O‘.Tansiqboev, N.Qoraxon, O,Tatevosyan, Z.Kovalevskaya, R.Choriev, haykaltaroshlar E.Aliev, N.Banzeladze, D.Ro‘ziboev, A.Shoyimardonov, Samarqandlik rassomlar A.Isaev, N.Kalonov, A.Krikis asarlari to‘plamlari keng o‘rin olgan. Muzey zallarida O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi davrida iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar madaniyat, san’at, ilm-fan, qishloq xo‘jaligi, qurilish va sanoat soxasida erishilgan yutuqlar hamda shu davrda yaratilgan boy madaniy ashyolar namunalari ham namoyish etilmoqda.

  • Muzey nomi:

    МУЗЕЙ ИСТОРИИ САМАРКАНДА И ГОРОДА АФРОСИАБ

  • Asos solingan yil:

    1970

  • Ish vaqti:

    Музей принимает посетителей с 09:00 до 18:00. (только суббота и воскресенье - выходные для научных сотрудников музея.)

  • Manzil:

    Samarqand shahri, I.Karimov ko’chasi

  • Telefon:

    +998 (66) 234-82-15

  • E-MAIL:

    info@samarkandmuseum.uz

  • Direktor:

    DONIYOROV FAYZULLO QOBILOVICH

  • Manzil :

Statistika

1962
Umumiy eksponatlar
136
Etnografiya
2350
Numizmatika
985
Arxeologiya
98
Hujjat fondi
918
Boshqa eksponantlar




Fotolavhalar