MAUSOLEUM OF AMIR TEMUR

AMIR TEMUR MAQBARASI

USEFUL INFORMATION

RULES:

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.


FACILITIES AND SERVICES

Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum. Images of the Services, Facilities and Rules at the Hermitage Museum.

OPERATING MODE

The museum accepts visitors from 09:00 to 18:00. (only Saturday and Sunday are days off for museum researchers.)


PRICE-LIST

Har oyning birinchi yakshanba kuni barcha davlat muzeylariga kirish BEPUL

18 yoshga to`lmagan bolalar va ularga hamrohlik qiluvchilarga Seshanba va Juma kunlari muzeylarga kirish BEPUL

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLARI UCHUN MDH DAVLATLARI FUQAROLARI VA XORIJIY SAYYOHLAR UCHUN

Muzey nomi

Bir kishiga kirish narxi

Bir kishiga kirish narxi

Bir kishiga kirish narxi

20 fevraldan 20 noyabrgacha
(mavsum davrida)

20 noyabrdan 20 fevralgacha
(mavsum bo`lmagan davr)

x

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

Kattalar (so`m)

18 yoshgacha bo`lgan bolalar (so`m)

1

AMIR TEMUR MAQBARASI

3.000 2.000 1.500 1.000 20.000 10.000

MUZEY TARIXI

Maqbara Samarqand shahrining janubiy-g’arbiy qismida joylashgan bo’lib, O’rta Osiyo me’morchiligining noyob me’moriy obidasi sifatida e’tirof etilgan. Maqbara qurilishi buyuk Sohibqiron Amir Temur tomonidan 1403 yilda boshlanib, saltanatni Mirzo Ulug’bek idora qilgan davrda nihoyasiga yetkazilgan.

Muhammad Sulton 1403-yilda Kichik Osiyoga bo’lgan harbiy yurish vaqtida to`satdan kasallikdan vafot etgan. Shaxzodaning jasadi Samarqandga olib kelinib, ansamblning janub tomonidagi ayvoni orqasidagi dahmaga dafn qilinadi. So’ng Amir Temur shahzodaga atab maqbara qurish haqida farmon beradi. Shundan keyin dahma ustiga sakkizyoqli bino quriladi.

 Amir Temur vafotidan keyin Shohrux Mirzo Hirotni poytaxt qilib, o`g`li Mirzo Ulug’bekni Samarqandga hokim etib tayinlaydi. U mamlakatda qurilish-obodonchilik ishlarini nihoyat darajada rivojlantiradi. U buyuk bobosiga hurmat yuzasidan ushbu sakkiz qirralik maqbarani temuriylar avlodi dafn qilinadigan maqbaraga aylantiradi.

Maqbara bitgach, Amir Temurning ma’naviy ustozi Mir Sayyid Barakaning jasadi shu maqbaraga ko’chiriladi va Sohibqironning bosh tomoniga dafn etiladi. Amir Temur pirining oyoq tomoniga dafn etishlarini vasiyat qilgan. Maqbaraga Mironshoh Mirzo, Shohrux Mirzo, Shayx Sayyid Umar, Mirzo Ulug’bek va Ulug’bekning go’dakligida vafot etgan ikki farzandi – Abdullo va Abdurahmonlar ham dafn qilingan.

Ulug’bek tomonidan binoning ichi yangidan bezatildi, maqbara sahniga dahmalar qo’yilib, atrofiga nafis marmar toshdan panjara qilindi. Maqbaraga 1424 yildan boshlab uning sharq tomoniga taqab qurilgan ko’p gumbazli galereya orqali kiriladi.

Maqbaraning g’arb va janub tomonlari yondosh qilib qurila boshlagan, lekin bitmay qolgan ulkan imoratlarning tiklanishi Mirzo Ulug’bek hukmronligining so’nggi yillariga to’g’ri keladi.

Muhammad Sulton majmuasidan faqat peshtoqigina saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo’lib, koshinlar bilan devor fonida yaqqol ko’rinib turadi. Koshinlar orasiga binoni qurgan usta – Muhammad binni Mahmud Isfaxoniyning nomi va «Dini jannat dili poklarnikidir», deb jimjimador qilib hadis yozib qo’yilgan. Devorlar bezagida girix deb ataluvchi geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib ishlangan kompozitsiya asosiy o’rinni egallaydi. Gumbazda jez, lojuvard va tillo suvlari ishlatilgan.

Chor Rossiyasi istilosi yillarida maqbara darvozalari o’g’irlab ketilgan. Sohibqiron Amir Temur maqbarasining darvozalaridan biri Londonda, yana biri Ermitajda saqlanmoqda. Sohibqiron Amir Temurga tegishli bo’lgan uzuk esa Amerikadagi «Metropoliten» (Nyu York) muzeyida saqlanmoqda.

Mustaqillik yillarigacha buyuk o’tmishimizni qoralash maqsadida ul buyuk zotlar abadiy qo’nim topgan joylari nomiga “go’r” so’zini qo’shib gapirishgan. Mustaqillik sharofati bilan bu obida “Amir Temur maqbarasi” deb nomlanadigan bo’ldi.

Hovlining sharq tomonidagi devor ortida Muhammad Sulton madrasasining qoldiqlari ko’rinib turadi. Hovlining atrofiga ikki qavatli hujralar qurilgan.

Maqbaraning tashqi tomoni bunyod qilinganda uning gumbaziga katta ahamiyat berilgan. Gumbaz ostki qismining aylanasi diametri 15 metr, aylana balandligi 12.5 metr bo’lsada, uning og’irligi sezilmaydi. Maqbara hilxonasidan gumbaz uchigacha 36 metrni tashkil etadi. Gumbazning rang-barang qilib ishlanishi katta ahamiyatga ega. Gumbazda havo rang ko’proq ishlatilgani uchun bu rang gumbazning egri chiziqli qobirg’alarida tovlanib, quyoshda yaraqlab, go’yo osmonga qadalib turadi. Gumbazning usti sirli koshinlar bilan qoplangan. Muqarnaslarida ham shunday koshinlardan hajmi bir-biriga mos qilib ishlangan chiroyli naqshlar bor. Maqbaraning tashqi gumbazi-yodgorlikning tashqi qiyofasini yanada salobatli bo’lishi uchun va maqbara ichkarisini mo’tadil iqlimli bo’lishini ta’minlash maqsadida uning ustiga ikkinchi gumbaz o’rnatilgan. Amir Temur maqbarasi hovlisida marmar ustunning bir parchasi saqlanmoqda.

Hovli atrofini o’rab turgan devorlar ikki qavatli bezakli ravoqlarga bo’lingan. Hovlining tashqi burchaklarida to’rtta minora bo’lgan. Yuqoriga ko’tarilgan sari ingichkalashib borgan minora Registon maydonidagi Mirzo Ulug’bek madrasasi minoralari kabi sharafa bilan bezatilgan. Minoraning asosi bilan tepasi orasidagi tafovut koshin plitalar terishda ustalik bilan bartaraf qilingan. Koshinlar har bir qatoriga bir xil miqdorda koshin plitalar terilgan holda, ular orasidagi choklar yuqoriga ko’tarilgan sari torayib boradi va tepasiga yetib tutashadi. Maqbaraga rangdor oynalar solingan panjarali darchadan yorug’lik tushadi.

Maqbaraning o’rtasiga joylashgan sag’analar ustida temuriylarga bag’ishlangan yozuvli toshlar bor. Shular orasida Amir Temurning qabri ustiga qo’yilgan to’q yashil rangli nefrit tosh diqqatni o’ziga jalb etadi. Mirzo Ulug’bek 1425 yilda mug’ullar ustidan g’alaba qozonganda o’sha hududlardan ikki bo’lak nefrit toshini Samarqandga olib kelib unga mohir ustalar yordamida ishlov berib barcha- musulmonchilik talablarini amalga oshirib, cheksiz hurmat-ehtirom bildirib, Amir Temur qabri ustiga qo’ydirgan.

Maqbaraning sharq tomonidagi ravoqda pastga tushadigan zina bor. Bu zinadan maqbaraning ostki qavatidagi dahmaga tushiladi. Ostki qavatdagi binoning shifti o’n ikki qirrali gumbaz qilib, qiya ishlangan, ichki bezaklari juda sodda. Temuriylarga qo’yilgan sag’analar yuqori qavatda qanday tartibda bo’lsa bu erda ham shu tartibda. Har qaysi qabr usti marmartosh bilan qoplangan.

1994-1996 yillarda O’zbekston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbuslari bilan maqbarada katta hajmdagi ta’mirlash va tiklash ishlari amalga oshirildi.


  • NAMES OF THE MUSEUM

    MAUSOLEUM OF AMIR TEMUR

  • YEAR OF FOUNDATION:

    1982

  • OPERATING MODE:

    The museum accepts visitors from 09:00 to 18:00. (only Saturday and Sunday are days off for museum researchers.)

  • ADDRESS:

    Samarqand shahar Oqsaroy ko’chasi 1 uy

  • PHONE:

    +998 (66) 234-82-15

  • E-MAIL:

    info@samarkandmuseum.uz

  • LEADER:

    ABDULLOYEV AMRILLO

  • LOCATION ON MAP:

PHOTO GALLERY